2020 yil 9 yanvar kuni soat 19:20larda Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 303 km.da, 31 yoşli G.X. va 30 yoşli J.R. mast holatda yölining çekkasida böla turib, Turkiya fuqarosi 63 yoşli M.D.ning boşqaruvida bölgan Turkiya davlat raqam belgili “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomaşinasiga heç bir sababsiz toşlar otib, uni töxtatişgan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, ular haydovçi M.D.ni urib-döpposlab, tan jarohati yetkazişgan. Fuqaro M.D.,ga olgan tan jarohati yuzasidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Hodisa sodir bölgan joydan qonga öxşaş doğlar olingan va tegişli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b, d” bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan, ular jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlanganlar.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.












