Markaziy bank 2020 yil 20 yanvar kuni ötkaziladigan auksion savdolarida milliy valutadagi davlat qimmatli qoğozlarni joylaştiriş töğrisida ma'lumot berdi.

Moliya vazirligi va Markaziy bank 2020 yil 20 yanvar kuni “Özbekiston respublika valuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (ÖzRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qoğozlar (DQQ)ni qator şartlar asosida birlamçi joylaştirilişini e'lon qildi. 

Joylaştiriş usuli: ÖzRVB savdo tizimida auksion orqali oçiq sotuv. Emitent – Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

Auksionda joylaştiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: qisqa muddatli ğaznaçilik majburiyatlari;
identifikatsion raqam: 23001UMFS;
bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) söm;
joylaştiriş sanasi: 2020 yil 20 yanvar;
çiqariliş hajmi: 300 000 000 000 (uç yuz milliard) söm;
muomala davri: 273 kun;
majburiyatlarning söndiriş sanasi: 2020 yil 19 oktabr;
majburiyat böyiça daromad turi: diskont;
daromadlilik: sotib oliş (yoki sotiş) va söndiriş qiymatlari orasidagi farq.

Auksion ötkaziş şartlari:

arizalarni qabul qiliş vaqti: 09:30 – 10:30;
arizalarni qondiriş vaqti: 15:00 – 16:00;
tölov valutasi: söm;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlaş: matematik yaxlitlaş usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigaça.