Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Liviyaga harbiylar yuborilişi boşlanganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Erdöğan Turkiya janubiy çegaralaridagi barqarorlikni ta'minlaş uçun barça vositalardan, jumladan diplomatik vositalardan ham foydalanişini ma'lum qilgan.
«Biz Liviyaning qonuniy hukumatini qöllab-quvvatlaş uçun bu davlatga qöşinlarimizni jönatmoqdamiz. Turkiyaning xavfsizligi uning taşqarisidan boşlanişini anglagan holda biz barça siyosiy, tijoriy, gumanitar, diplomatik va harbiy imkoniyatlarimizni janubdagi barqarorlikni ta'minlaşga safarbar qilişda davom etamiz», — degan Erdöğan.
Turkiya rahbari öt oçişni töxtatiş töğrisidagi kelişuvga amal qilmagan liviyalik feldmarşal Xalifa Haftarga dars ötib qöyişini va'da qilgan. U «qaroqçi Xaftar» Moskvada Milliya kelişuv hukumati rahbari Foiz Saroj bilan tinçlik sulhi tuzmasdan qoçib ketganini ta'kidlagan.
«Bundan buyon Liviya va Turkiya sohillari orasidagi hududdan ruxsatsiz neft qidiriş yoki quvur ötkaziş mumkin bölmaydi», deya qöşimça qilgan Erdöğan.
Ma'lumot uçun, Turkiya Liviya bilan tuzilgan dengiz böyiça kelişuvga köra, 2020 yilda Örta Yer dengizining şarqiy qismida neft konlarini qidiriş va burğilaş işlarini olib boriş uçun litsenziyaga ega bölgan.
- 2019 yil noyabrda Erdöğan va Liviya milliy kelişuv hukumati rahbari Foiz Sarroj harbiy sohadagi hamkorlik töğrisida memorandum imzolagan, Turkiya parlamenti 2020 yilning 2 yanvar kuni memorandumni ma'qullagandi.
- Dekabr oyida Erdöğan Liviya hududida rossiyalik oligarx Yevgeniy Prigojinga aloqadorligi aytiladigan «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasi jangçilari nima qilayotgani töğrisida savol qöygan, 11 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Erdöğanning kelişuvidan söng «Vagner» jangçilari front çiziğini tark eta boşlaşgandi.
- Erdöğan harbiylar yuborilişi haqida Liviyadagi vaziyatni muhokama qiliş uçun Rossiya, Jazoir, Buyuk Britaniya, Misr, BAA, Xitoy, AQŞ, Turkiya va Fransiya vakillari iştirokida Berlinda bölib ötadigan uçraşuvga ikki kun qolganida (uçraşuv 19 yanvar kuni bölib ötadi) e'lon qilmoqda.
- Liviyada 2015 yildan buyon qöşhokimlik hukm surmoqda. Mamlakat şarqini general Xalifa Haftar armiyasi nazorat qiladi, bu hukumat Benğozini öziga poytaxt qilgan, Foiz Saroj boşçiligidagi Liviya milliy kelişuv hukumati esa — ğarbda, jumladan poytaxt Tripolida hukmronlik qiladi. 2019 yil bahoridan buyon Xaftar armiyasi Tripolini egallaş uçun harbiy harakatlar olib bormoqda. Saroj hukumatini Turkiyadan taşqari Italiya hamda Ğarbning boşqa mamlakatlari, xususan, AQŞ qöllaydi, Haftar kuçlari esa Rossiyadan taşqari Misr va Saudiya Arabistoni tomonidan, şuningdek, norasmiy ittifoqçilari Fransiya va BAA tomonidan qöllanadi.














