Million. Katta raqam-a? Tört million-çi?

Aytişlariça, şunça özbek Rossiyada işlar ekan...

Bu sözlarni tilimiz osongina aytdi şu topda. Tilga oson ekan-da..

Keling, faqat tilni emas, aqlni va yanada muhimroği – qalbni işga solib, millatning boşiga tuşgan körgilik kölamini tasavvur etişga urinib köraylik. Zero, qalblarni zada qilgan ofatlarning mazmunini anglaşga til emas – aynan dil mas'ul.

Tört million. Til uçun bu – raqamlar tovuşlar yiğindisi, aql uçun – statistika, faqat dil işga tuşganda ofatlarning mohiyati bilinadi. Ana öşanda bu raqamlarning ortida... köz yoşlarga kristallaşgan oğriq, keçalari uyqu bermaydigan hijron, sulbingizdan bölgan murğakning ösib-ulğayayotganini köra olmayotganingiz alamidan böğzingizda qolib ketgan dod. Ammo bu hammasi emas...

Endi öşa tört millionni jamlab, armonlari uşalmagan bitta qalb deb tasavvur eting. Şunda alohida taqdirlar emas – bir avlodning taqdiri köz oldingizda suratga kira boşlaydi.

Iqlimi, mehnat resurslari va boşqa bir qança hususiyatlari sabab mintaqaning asosiy meva-sabzavot yetiştiruvçi markazi bölişi mumkin bölgan Özbekiston, afsuski, ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlar uçun arzon işçi kuçi yetkazib beradigan hududga aylandi.

Sababi – sobiq Sovet Ittifoqi barham topganidan keyin Özbekistonda agrar soha mamlakat aholisining köpini taşkil qiluvçi qişloq aholisini iş bilan band qiliş yölida isloh qilinmadi. Holbuki, bu yerda gap nafaqat odamlarni iş bilan ta'minlaş, balki qişloqlarda öziga töq, kelajagiga işongan, millionlab erkin dehqonlardan iborat örta sinfni yuzaga keltiriş haqida ketayotgan edi.

Ming afsuski, bu yöldan borilmadi. Natijada millionlab oila boşliqlari oilalarini taşlab, daromad ilinjida özga yurtlarga migratsiya qilişdi. Özbek qişloqlarida ota tarbiyasini körmagan bir avlod yetişib çiqdi, bir dunyo ijtimoiy, ma'naviy, tibbiy muammolar yuzaga keldi.

Mehnat migrantlariga nisbatan turliça, ba'zida bepisandlik bilan munosabat bildiriladi. Sababi – 90-yillardayoq öz-öziga taşlab qöyilgan özbek qişloği hayoti ijtimoiy holatni örganuvçi deyarli barça institutlarning e'tiboridan çetda qoldi. Axborot vositalaridan esa qişloq hayoti emas – çizilgan-böyalgan sahnalar körsatildi. Natijada özbek qişloği şaharda yaşovçi jamoatçilik uçun noma'lum – közdan yaşirin «özga sayyora»dek bölib qoldi. Bu – mavhum-noma'lum «massa»dan nariroq böliş uçun, masalan, poytaxt propiska-yu registratsiya kabi çeklovlar bilan «himoya qilindi» hatto. Mamlakat ma'nan va jismonan deyarli ikki anklavga bölinib, et tirnoqdan ajralib qoldi. Et tirnoqdan ajraganda esa tana oğriydi.