Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Özbekiston taşqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini e'lon qildi.
Qayd etilişiça, 2019 yil yakunida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd dollarni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga nisbatan 8,3 mlrd dollarga ösdi (ösiş sur'ati – 26,2 foiz).
Xususan, mahalliy tovarlar va xizmatlarning xorijiy mamlakatlarga eksporti 2018 yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 15 foizga ösdi va 17,9 mlrd dollarni taşkil etdi.
Eksportning asosiy uluşi qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar - 5,1 mlrd dollar (umumiy eksportdagi uluşi 28,5 foiz), xizmatlar - 3,6 mlrd dollar (19,9 foiz), energiya taşuvçilar - 2,5 mlrd dollar (14,1 foiz), töqimaçilik mahsulotlari - 1,6 mlrd dollar (9,1 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari - 1,5 mlrd dollar (8,5 foiz), rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 951,3 mln dollar (5,3 foiz), kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 876,9 mln dollar (4,9 foiz), qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar - 349,6 mln dollar (2 foiz) hissasiga töğri keladi.
2019 yil davomida 2,700ta yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb qilinib, ular hisobiga 1 mlrd dollardan ortiq qöşimça eksport amalga oşirildi. Bundan taşqari, 42ta mamlakatlar bozorlariga 206ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti özlaştirildi.
Respublika import körsatkiçi hisobot davrida 4,8 mlrd dollarga ösib, 24,3 mlrd dollarga yetdi, bu esa 2018 yilga nisbatan 25 foizga köpdir.
Import tarkibini asosan asbob-uskunalar - 5,6 mlrd dollar (jami importdagi uluşi 23,1 foiz), transport vositalari va ehtiyot qismlar - 2,6 mlrd dollar (10,8 foiz), xizmatlar - 2,4. mlrd dollar (10 foiz), qora metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar - 2,2 mlrd dollar (9,1 foiz), elektr jihozlari - 1,3 mlrd dollar (5,5 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari - 1,2 mlrd dollar (5,2 foiz), energiya taşuvçilar - 928,1 mln dollar (3,8 foiz), farmatsevtika mahsulotlari - 926,8 mln dollar (3,8 foiz), yoğoç va undan tayyorlangan mahsulotlar - 903,7 mln dollar (3,7 foiz), kimyoviy mahsulotlar - 843,5 mln dollar (3,5 foiz), plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar - 811,7 mln dollar (3,3 foiz) va boşqalar taşkil qiladi.
Özbekistonning taşqi savdo hamkorlari soni hisobot davrida 178tani taşkil etdi. Ayni paytda Xitoy (7,6 mlrd dollar yoki 18,1 foiz), Rossiya (6,6 mlrd dollar yoki 15,7 foiz), Qozoğiston (3,3 mlrd dollar yoki 8 foiz), Koreya Respublikasi (2,7 mlrd dollar yoki 6,5 foiz), Turkiya (2,5 mlrd dollar yoki 6 foiz), Germaniya (980 mln dollar yoki 2,3 foiz), Qirğiziston (829 mln dollar yoki 2 foiz), Afğoniston (618 mln dollar yoki 1,5 foiz) va AQŞ (596 mln dollar yoki 1,4 foiz) tovar aylanmasi böyiça yetakçilar hisoblanadi.












