Özbekiston futbol assotsiatsiyasi (ÖFA) «Nasaf» klubi boş murabbiyi Röziqul Berdiyevning OKMK hamda Nasaf öyinidan keyin bölib ötgan matbuot anjumanidagi sözlari yuzasidan suriştiruv ötkazadi.

«2025 yil 26 oktabr kuni ötkazilgan OKMK hamda «Nasaf» klublari öyinidan söng bölib ötgan matbuot anjumanida «Nasaf» klubi boş murabbiyi Röziqul Berdiyevning bildirgan fikrlari futbol jamoatçiligi orasida keng muhokamalarga sabab böldi. Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mazkur holat yuzasidan örganiş va suriştiruvlarni ötkazadi hamda unga huquqiy baho beradi», deyiladi xabarda.

ÖFA Röziqul Berdiyevning aynan qaysi gaplari tekşirilişiga oydinlik kiritmadi.

26 oktabr kuni Superliga 26-turi doirasida Olmaliqda OKMK va «Nasaf» klublari töqnaş keldi. Öyin 1:1 hisobida yakunlandi. Natijada «Nasaf» çempionat jadvalida «Neftçi»dan ötib ketiş imkoniyatini boy berdi. Musobaqa yakunlanişiga 4 tur qolganida ikkala klub ham 57 oçko jamğargan. Biroq özaro öyinlarda ustunlik «Neftçi» tomonida (1:0 va 0:0), şu sababli farğonaliklar jadvalda yuqori turibdi.

Öyindan keyin Röziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnaşdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi. Uning keng muhokamalarga sabab bölgan sözlari «Neftçi» haqida böldi.

«Neftçi»ni köp gapirişmoqda, lekin biz ham qarab turmaymiz. Biz ançadan buyon mağlub bölmadik va çempionlikka loyiqmiz. «Neftçi»ning qançalik harakat qilayotganini sizlar OAV vakillari ham bilib turibsizlar. Agar «Neftçi» uşbu vazifani amalga oşirsa, ortdagi insonlar qahramon böladi, şekilli. Menimça, gapimni tuşundingiz. Ular çempion bölsa, qahramonlarni maydondan izlaş kerak emas. Ular maydon ortida böladi. Bu mening fikrim», dedi Berdiyev.

«Nasaf» boş murabbiyi «ortdagi insonlar» kimlar ekani va ular nega qahramon bölişiga aniqlik kiritmadi.