«Men bu lavozimga prezident dasturi ijrosini bajariş uçun kelganman. U men uçun şaffoflik va tartib namunasi hisoblanadi. Ammo, prezidentga işonçimiz va hurmatimizga bölgan har qanday şubhalarni bartaraf etiş uçun men iste'fo töğrisida ariza yozdim va uni parlamentga kiritiş huquqi bilan prezidentga topşirdim», — deya yozgan Gonçaruk feysbukdagi sahifasida.

Vladimir Zelenskiy Gonçarukning arizasini körib çiqişi va yaqin vaqt içida natijalar ma'lum qilinişini bildirgan.

YouTube’dagi mojaroli audiolar

Şu kunlarda internetda Gonçaruk bilan boğliq mojaroli audioyozuvlar tarqalgan, ularda Ukraina boş vaziri ekani aytilgan ovoz sohibi Milliy bank rahbari va Moliya vaziri bilan birga mamlakat iqtisodiy siyosatini muhokama qilişgani, ular prezident Vladimir Zelenskiyni iqtisodiy siyosatda layoqatsizligi haqida gaplaşişgani aks etgandi. Masalan, Gonçarukniki aytilgan ovoz uni «juda oddiy fikrlovçi, iqtisodiy sohada heç narsani tuşunmaydigan noşud» deb atagan.

Yozuvlarning birinçisi YouTube’da 15 yanvar kuni oçilgan «Kak obmanut prezidenta» kanalida e'lon qilindi. «Bi-bi-si»ning yozişiça, bu yozuv 2019 yilning 16 dekabrida ukrainalik amaldorlarning norasmiy uçraşuvi vaqtida yozib olingandi.

16 yanvar kuni Gonçaruk 3 daqiqali videomurojaat bilan çiqdi, u bu çiqişida yozuvlar haqiqiyligini tasdiqlamagan ham, rad etmagan ham. Lekin u sönggi vaqtlarda korrupsionerlar va içi qoralar tomonidan şaxsan unga hamda uning boşqaruvidagi hukumatga mediahujumlar köpayganini qayd etgan.

Iste'fo töğrisidagi bayonotida Gonçaruk bu audioyozuvlarni ham eslab ötgan. U «özi va jamoasi prezidentni hurmat qilmaydi» degan tasavvur sun'iylik bilan hosil qilingani haqida gapirgan.

«Moliyaviy oqimlarga kiriş uçun intilayotgan turli guruhlar uçun şunday bölişi foydalidir. Ammo bu töğri emas», deya yozgan Gonçaruk.

U özining iste'fo töğrisidagi bayonotini «prezidentga işonçi va hurmatiga bölgan barça şubhalarni tarqatiş»ni istaşi bilan izohlagan.

«U - ukrainlar bemisl darajada hurmat körsatgan insondir. U mamlakatni özgartirayotgan jamoasining har bir a'zosining samaradorligini baholaşga haqli», degan Ukraina boş vaziri.