Tailanddagi Osiyo çempionati çorak finali doirasidagi Janubiy Koreya – Iordaniya uçraşuvi yakunlandi.

Öyinning 16-daqiqasida Ço Gu-Sung koreyslarni hisobda oldinga çiqargan bölsa, 75-daqiqada Yazdon Al-Naymat hisobni tenglaştirdi.

Öyindagi ğolib qöşimça bölimlarda aniqlanişi kutilayotgan bir paytda, uçraşuvning 90+4-daqiqasida Li Dong Gyong öz goli bilan Janubiy Koreya olimpiya jamoasiga yarim final yöllanmasini taqdim etdi.

Yarim finalda Janubiy Koreya jamoasi Avstraliyaga qarşi maydonga tuşadi. Yana bir yarimfinalçi Saudiya Arabistoni esa BAA–Özbekiston juftligi ğolibini kutmoqda.

Osiyo çempionati (U-23). 19 yanvar (yakşanba)

Janubiy Koreya – Iordaniya – 2:1

Gollar: Ço Gu-Sung (16), Li Dong Gyong (90+4) – Yazdon Al-Naymat (75).