Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 yanvar kuni quriliş sohasidagi islohotlarni yanada jadallaştiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. 

Majlisda qayd etilgan kamçiliklarni va berilgan körsatmalarni qöllab-quvvatlagan holda, aytiş kerakki, barça sohalarda bölgani kabi qurilişlar yönalişida keçayotgan jarayonlar, umuman, mamlakatda ötkazilişi e'lon qilinayotgan keng kölamli kompleks islohotlar taqdiriga boğliqdir. Haqqoniy parlament, mustaqil sud va ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati va rostakamiga yölga qöyilgan jamoatçilik nazorati, korrupsiyaga qarşi murosasizlik muhitisiz islohotlar amalga oşişi dargumondir. Iqtisodiy islohotlar taqdiri siyosiy, ma'muriy, mulkiy islohotlarsiz amalga oşmasligi ayon haqiqatdir.

Eng muhim masalalardan biri mamlakatda monopoliyaga va korrupsiyaga qarşi kuraşdir.

Quriliş sohasida nimalardan noliymiz? Malakasiz işçilar, sifatsiz materiallar, pala-partişlik, nazoratsizlik... Şu muammolarning ildiziga qaraylik. Hammasi budjetdan pul ajratilganda boşlanadi.

«Davlatning puli, davlatdan ömarsa bölaveradi, davlatning puli köp va qaytib söraydigani yöq...» degan aslan notöğri tafakkur bor. Davlatning budjeti puli aslan biz tölagan soliqlardan, bojlardan, tölovlardan töplangan puldir.

Davlatning öz biznesi bor, albatta. Masalan, «Özbekiston havo yöllari», «Özavtosanoat», «Özbekiston temir yöllari» va bir qança davlat uluşi bor korxonalar – davlat uluşiga ega bu xöjalik sub'yektlariga kelsak, ularning hammasi, berilgan imtiyozlar va ustuvorliklarga, monopol şaroitlarga qaramasdan, bankrotlik holatidaligini, soliq, boj imtiyozlarisiz yaşay olmasligini aytadi, ya'ni biz budjetga ozgina topganimizdan soliq tölaymiz, bu ulkan korxonalar milliardlab aylanmasidan soliq tölamaydi. Davlat kuçli biznesmen emasligi ayondir va buning ildizi ham «davlatnikini ömarsa böladi» degan kayfiyatda ötirgan davlat korxonasining mutasaddilaridir. Inson mulki va xususiy korxonasi bölganda, xususiy mulkçilik va tadbirkorlikka keng yöl qöyilganda bu suiiste'molçiliklar bölmasdi, inson özi özinikini ömarmaydi.  

Masalan, inson özi uçun uy qursa, uni pala-partiş quradimi?! Axir, unda farzandlari yaşaydi-ku? Bolalarini tom bosib qolsa, nima böladi?! Qurilişga ajratgan öz pulini ömariş, «otkat» oliş uçun ikki ğiştli yerga bir ğişt qöyib, tomni armaturasiz plitadan quradimi?! Yöq! Aslo! Ijtimoiy tarmoqda quriliş taşkiloti içida armaturasiz beton plitalardan qurayotgan uy videotasvirini kördik-ku...