Bugun, 20 yanvar kuni, yangi çaqiriq Oliy Majlis Qonunçilik palatasining ilk majlisi bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, tadbirda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining spikeri, uning birinçi örinbosari va örinbosarlari saylandi.
Nurdinjon Ismoilov Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerligiga tavsiya etildi va deputatlar tomonidan bir ovozdan saylandi.
Şuningdek, Majlisda spikerning birinçi örinbosari va yana 5 nafar örinbosarini tasdiqlaş taklif etildi.
Nurdinjon Ismoilov Akmal Saidovni birinçi örinbosar sifatida tasdiqlaşni taklif qildi. Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari yaşirin ovoz beriş yöli bilan 147 nafar ovozga ega bölgan holda saylandi.
Aktam Xaitov, Alişer Qodirov, Narimon Umarov, Boriy Alixonov hamda Uluğbek Inoyatov spikerning örinbosarlari etib saylandi.
Ma'lumot uçun: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari yangi ta'sis etilgan lavozim hisoblanadi.
Akmal Saidov 1958 yil 11 oktabr kuni Toşkent viloyatida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 1981 yil Toşkent Davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqşunos. Ilmiy darajasi yuridik fanlari doktori, ilmiy unvoni: professor.












