Yakşanbadan duşanbaga ötar keçasi Özbekiston hududidan ğarbiy sovuq front ötdi. Uşbu sinoptik vaziyat natijasida respublikada hududi böylab yomğir va qor körinişida yoğingarçilik kuzatildi. Mamlakat şimoli va toğli tumanlarda asosan qor yoğdi.
«Özgidromet» xabariga köra, Kavkaz hududidan kirgan antitsiklon respublika ustida asta harakat qilmoqda va bugun Özbekiston şimoliga ta'sir körsatmoqda.
Duşanba tongida Samarqand viloyatining tekislik hududlarida 1-4 sm qalinlikda qor qoplami hosil böldi.
Bugun kun davomida mamlakat hududi böylab yoğingarçilik ehtimoli saqlanib turadi, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik bölmaydi. Harorat 0-5 daraja iliq atrofida böladi.
21-22 yanvar kunlari sovuq havo oqimi butun respublika hududini qamrab oladi. Ayrim joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Tungi harorat 3-5 daraja sovuqqaça, şimoliy hududlarda 8 daraja sovuqqaça pasayadi. Kunduzi 0-5 daraja iliq böladi.
23 yanvarda sovuq antitsiklon şarqqa harakatlanadi, Özbekiston hududining katta qismi Turkmaniston hududidan kirgan nam havo oqimlari ta'sirida böladi. Respublika böylab ob-havoning oçiq va quyoşli bölişi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 7-9 daraja iliqqaça kötariladi. Tungi harorat esa yuqorida körsatilgandek saqlanib turadi.
24-25 yanvarda ğarbiy antitsiklon kirişi kutilmoqda. Iliq janubiy oqimlarning saqlanib turişi hisobiga mamlakat hududi böylab yomğir yoğadi. Toğli tumanlarda yoğingarçilik (qor, yomğir) böladi. Şu kunlarda havo harorati keçasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq böladi, bu körsatkiçlar yilning şu davri uçun xos bölgan me'yorlarga yaqindir.

















