Oliy Majlis Qonunçilik palatasining birinçi majlisidagi nutqida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev faol deputatlar haqida fikr bildirib, ularni qolganlarga namuna qildi.
«Muammoli vaziyatlarda deputatlar bir çekkada, tomoşabin bölib turişini bundan keyin xalqimiz aslo qabul qila olmaydi. Axir, fuqarolar öz vakillarini xalq fikrini ifoda etiş va ular manfaatini himoya qiliş uçun saylaydi-ku?
El-yurtimiz deputat timsolida qonun va axloq-odob mezonlarini buzgan mansabdorlarga qarşi tura oladigan talabçan, kuraşçi, xalq dardini qörqmasdan kötarib çiqadigan öz himoyaçisi, öz vakilini körişni istaydi.
Bu borada dastlabki qadamlar taşlanmoqda. Rasul Kuşerbayev, Şuhrat Polvonov, Alişer Hamroyev kabi yoş va jonkuyar deputatlar faoliyati saylovçilarga juda ma'qul bölmoqda», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident deputatlardan örnidan turişni söradi va deputat Rasul Kuşerbayevning faoliyatini alohida e'tirof etdi.
«Ayniqsa, Rasul töğrisida köp gaplar böladi, hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan. Nimaga? Gap savol berişda emas, gap muhokama qilişda emas.
Nima uçun ularni nomma-nom aytyapman. Kim kelsa nega muxolifat yöq deydi.
Avvalam aytganman, menga xalqim işonç bildirsa, men heç qaçon taşqaridan oppozitsiyani qöymayman. Biz içkaridan tayyor bölişimiz kerak. Özimizning milliy urf-odatlarimiz, xalqimiz manfaati bilan tayyor bölişimiz kerak. U oppozitsiya emas, millatparvarlik, vatanparvarlik timsoli.
Şuning uçun sizlarga taşakkur! Soğ bölinglar.
Birinçi qadam bilan, biz yaxşilarimizga mana şunday ehtirom körsatsak, bu ham töğri böladi», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












