Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shamoli yetib kelyapti, shamoli!» - Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq va Afg‘oniston haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir vakolatlari, oldida turgan vazifalariga to‘xtaldi.
«Biz yaqinda ijro organi rahbarini tayinlaymiz. U endi Toshkentda o‘tirib yig‘ilish qilmaydi, qog‘ozbozlik qilmaydi. Qog‘ozbozlik kamayadi. Umuman ijro organi ishini bosh vazirning o‘zi qilishi kerak.
Prezidentning esa o‘z ishi bor. Tashqi siyosat bor.
Yaqin Sharqdagi voqealar bizga ta'sir qilmaydi, deb o‘ylaysizlarmi? Shamoli yetib kelyapti, shamoli! Chegaralarimiz atrofida xavf ortib boryapti.
Afg‘onistondan bizga yaqin chegaralarni tozalab berishni so‘radik. Ular ham o‘zaro hamkorlik shartnomalari yuzasidan qandaydir harbiy operatsiyalar qilganday bo‘lishdi, ammo bu bilan xavfsizlik ta'minlanib qolmaydi. Biz o‘zimiz xavfsizlikni ta'minlashimiz kerak. Biz yer tagida ilon qimirlasa bilamiz. Xavf yo‘q emas, vaziyat murakkabligini yaxshi tushunib turibmiz», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026