Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining saylovdan keyingi birinçi majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda. 

Majlisda davlat rahbari nutq sözlamoqda.

«Ta'kidlaş kerakki, bu saylovlarda odamlarning siyosiy bilimi, odamlarning partiyalarga işonçi paydo böldi. Men debatlarni, tortişuvlarni körib bordim. Aholining talabçanligi ham oşdi. Odamlarimiz eng kerakli narsalarni sörayapti, hal qilib bering, deyapti.

Eng muhimi, partiyalar örtasida raqobat soxta obro‘ orttirişga emas, aholi muammolarini hal qilişga yönaltirişi kerak. Önta emas, bitta qonun qabul qiling, lekin u odamlarning muammosi, orzusini aks ettirsin.

Bir oyda bitta muammo hal qiling, bir yilda 12 oy bor. Özingiz bilan özingiz gaplaşganda vijdonan öylang - nima muammoni hal qildim, deb. Bir oyda bitta muammo hal qiling, sizni tarixingiz paydo böladi.

OAV rivojlanib boryapti, xalq endi sizlarni körganda mana men saylagan deputat deydi, endi sizlardan bergan va'dangiz böyiça hisob söraydi», - dedi prezident.