Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining saylovdan keyingi birinçi majlisi bölib ötdi. Unda davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan deputatlar sözga çiqişdi.
84-Töytepa saylov okrugidan saylangan deputat Viktor Pak sönggi uç yilda butun mamlakatda ulkan özgarişlar amalga oşirilgani, eng uzoq qişloqlargaça yangi hayot kirib borayotganini ta'kidladi. U özining 140 mingdan ziyod saylovçilari xohiş-irodasini ifoda etib, prezidentga davlat mukofoti beriş taklifini bildirdi. Barça deputatlar qarsaklar bilan bu taklifni qöllab-quvvatlaşdi.
Davlat rahbari e'tirof uçun minnatdorlik bildirib, şunday dedi:
– Xalqimiz menga eng katta unvon berib bölgan. Bundan yuksak unvon bölmasa kerak. Bu – xalq işonçi!











