Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlariga sazovor bölgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. 

Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovda 53 nafar deputatlik örnini egallagan edi. Partiyaning yaqinda bölib ötgan Siyosiy kengaşi majlisida Boş vazir nomzodi körib çiqildi va Prezidentga taqdim etildi. 

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis körib çiqişi uçun Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi.  

Abdulla Aripov qöşma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin va örta istiqbolga möljallangan Harakat dasturi haqida nutq sözladi. 

Majlisda sözga çiqqanlar Prezident ma'ruzasida bayon etilgan ustuvor yönalişlarni qöllab-quvvatlab, öz fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda Boş vazir lavozimiga tavsiya etilgan nomzodni ma'qulladilar.

Oliy Majlis palatalari Abdulla Aripovni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga tasdiqlaş töğrisida qaror qabul qildi. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, qöşma majlisda qatnaşgan 150 nafar deputatdan 148 nafari (1 nafari betaraf, 1 nafari ovoz bermadi), 97 nafar senatordan 94 nafari (3 nafari ovoz bermadi) Abdulla Aripov nomzodini ma'qullab ovoz berdi.