Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida Boş vazir nomzodi hamda Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga möljallangan harakatlar dasturi körib çiqildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev yangidan tasdiqlanadigan hukumat oldida turgan asosiy vazifalarga töxtalib ötdi.  

Qişloq xöjaligida meva-sabzavotçilik va çorvaçilik asosiy «lokomotivlar» bölişi kerakligi ta'kidlandi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş borasida mahsulotlar işlab çiqariş hajmini keyingi beş yillikda 2,5 baravarga oşiriş vazifasi ham turibdi. 

Suv resurslari kamayib borayotgan şaroitda kelgusi beş yilda suğoriladigan yerlarning kamida 30 foiziga tomçilatib suğoriş va boşqa suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, davlat-xususiy şeriklikni kengaytiriş orqali suv inşootlarining ekspluatatsiya va investitsiya xarajatlarini kamida 15 foizga qisqartiriş muhimligi körsatib ötildi.  

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş uçun neft-gaz va energetika tarmoğidagi muammolarni hal etiş lozimligini ta'kidladi.

– Hukumat bu sohalarni transformatsiya qiliş, ularga xususiy sektorni faol jalb etiş, hisob-kitobni joy-joyiga qöyiş orqali ortiqça yöqotişlarni töliq qisqartiriş va talon-torojliklarning oldini oliş böyiça ta'sirçan çoralarni körişi zarur. Neft-gaz sohasida 2025 yilda yoqilği mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 5,2 million tonnaga oşiriş, şundan 4,1 milliard dollarlik 5 ta obektni bu yil işga tuşiriş kerak. Keyingi beş yillikda elektr energiyasi işlab çiqarişni kamida 80 milliard kilovatt-soatga yetkaziş, şundan kamida 20 foizini qayta tiklanuvçi energiya manbalari hisobiga ta'minlaş talab etiladi, – dedi Prezident. 

Çuqur tarkibiy özgarişlar va yirik investitsiya loyihalari hisobiga toğ-kon sanoatida mahsulotlar hajmini 2025 yilgaça 1,5 barobargaça, quriliş materiallari işlab çiqarişni 3 karra köpaytiriş muhim vazifalar sifatida belgilandi.  

Töqimaçilik va çarm-poyafzal sohalariga töxtalar ekan, Prezidentimiz bu tarmoqlarda mahalliy xomaşyoni töliq qayta işlab, 2025 yilgaça 8 milliard dollarlik eksportni ta'minlaş masalasiga alohida urğu berdi.

Yuqori texnologiyalar asosida elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantiriş, maişiy texnika va sanoat elektr uskunalari, kabel mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş lozimligi qayd etildi.