Prezident Şavkat Mirziyoyev Senatning ilk yalpi majlisidagi çiqişida oliy ta'lim sohasidagi korrupsiya haqida gapirib, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini yodga oldi.
«Bizdagi tahlillar böyiça, Özbekistonda eng katta korrupsiya hozirça uçta soha – tibbiyot, oliy ta'lim va qurilişda.
Bitta misol aytaman. «Narxoz» degan universitetni eslasam, kayfiyatim buziladi. Xodiyev degan bir vallomatni işdan oldik. Bilasizlarmi, yangi qöygan rektorimiz oddiy attestatsiya ötkazdi, har bir domlaning fan böyiça bilimlari sinaldi. 65 foizi domlalar ötmadi. 35 emas, 65.
Hamma studentlar, beçoralar qanday öqib yurişibdi, tasavvur qilib bölmaydi», – dedi davlat rahbari.

Prezident senatorlarni oliy ta'limdagi korrupsiyaga qarşi kuraşişda faollikka çaqirib, hokimlar rektorlarni ham Kengaş majlislariga jalb etişi kerakligini aytdi.
«Muayyan hudud taqdiri işonib topşirilgan ayrim mansabdorlarning poraxörlik va korrupsiya jinoyatiga qöl urayotgani taşvişli holdir. Joylardagi rahbarlarning qonunga zid faoliyati doimo hududlarda faoliyat olib borayotgan senatorlarning e'tibor markazida bölişi kerak.
Bir söz bilan aytganda, har bir senator korrupsiyaga qarşi kuraşişning oldingi saflarida bölişi şart.
Jamiyatimizda qizğin bahslarga sabab bölayotgan holatlar yuzasidan Senat a'zolari yalpi majlisni kutib ötirmasdan, tezkor eşituvlar taşkil etib, mutasaddi şaxslardan izoh talab etişi zarur», – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 24 yanvar kuni parlamentga yöllaydigan murojaatnomasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça institutsional takliflar bölişini ham qöşimça qildi.












