Bugun, 21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilmoqda.

Prezident öz nutqida ijtimoiy sohalar sifatini yaxşilaş hamda qamrovini kengaytiriş, iqtisodiyotning ustuvor yönalişlarini örta va uzoq muddatda jadal rivojlantiriş böyiça 3 yilda 30dan ortiq konsepsiya va strategiyalar qabul qilinganini ta'kidladi. 

«Biz uzoq yillar katta-katta raqamlarga mahliyo bölib yurdik. Lekin bu raqamlar xalqimizga manfaat keltirmadi. Şu bois asosiy maqsadimiz aholi jon boşiga töğri keladigan daromadni oşiriş, iqtisodiyotni barqaror rivojlantiriş va buni odamlar hayotida, dasturxonida sezadigan qiliş. Ötgan yillarda birinçi qadamlar qöydik. Lekin hali közlangan natijalarga erişganimiz yöq. Biron bir sohani mukammal deb ayta olmaymiz», – dedi davlat rahbari.

Hukumat zimmasiga yuklatilgan vazifalarni töliq uddalayapti, deyişga hali erta ekani, xalq köproq va aniq natijalar kutayotgani qayd etildi. 

«Joylarda juda köplab muammo va masalalar öz yeçimini topişi zarur. Odamlarimizning talab va ehtiyojlari kun sayin ösib bormoqda.

Şuning uçun, yangi hukumatning barça a'zolaridan özi mas'ul va javobgar bölgan sohalarga tanqidiy yondaşib, kelgusidagi işlarni ortiği bilan bajariş, xalqimiz va parlamentga berilgan va'dalar ustidan töliq çiqiş talab etiladi. Bir söz bilan aytganda, amaliy natijadorlik va xalq manfaatlarini röyobga çiqariş hukumatning har bir a'zosi faoliyatini baholaşning asosiy mezoni böladi», dedi prezident. 

Kelgusi beş yil uçun yuqori iqtisodiy ösişni ta'minlaş, soliq-budjet siyosatini takomillaştiriş, sanoat tarmoqlari, energetika, transport, qişloq xöjaligi, uy-joy va kommunal sohalarni rivojlantiriş borasida katta marralar belgilab olingani qayd etildi. 

Sönggi ikki yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 44 milliard dollardan 58 milliard dollarga ösgan. Majlisda bu körsatkiçni ikki barobar oşirib, 100 milliard dollarga yetkaziş, inflatsiya darajasini 5 foizgaça kamaytiriş, işlab çiqarilayotgan iste'mol mahsulotlari hajmini köpaytiriş hukumat, Markaziy bank va barça darajadagi hokimlarning umumiy vazifasi bölişi kerakligi ta'kidlandi.