Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda. Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilyapti.

Prezident öz nutqida paxta va ğallani davlat rejasi asosida yetiştiriş tizimi tugatilişi haqida gapirdi. 

Davlat rahbarining ta'kidlaşiça, bu natijaga bosqiçma-bosqiç erişiladi.

“Endi “gosplan” degan gap bölmaydi. Agrar sohada klaster tizimi rivojlanmoqda. Meva-sabzavot, baliqçilik böyiça işlar oldinga yurmoqda. Ammo klasterlar faoliyatning barçasi ham yaxşi yölga qöyilmayapti. Çunki u yerda ham korrupsiya bor. Ayrimlar bank bilan hisob-kitobdan qörqadi”, – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.