O‘zbekiston | 14:49 / 21.01.2020
58097
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident: «Shuncha boyligimiz bo‘lib, elektr o‘chishlari, gaz yetishmovchiliklari oddiy holatga aylanib bo‘lgan»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar ishtirok etyapti.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘shma majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, ma'ruza qilmoqda.

«Mana, gaz-neft bo‘yicha nechta rahbar o‘zgarib ketayotganini o‘zingizlar ko‘ryapsizlar. Neft-gaz bo‘yicha bironta bilimli, salohiyatli odam yo‘q, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Yo‘q, kadrlar masalasi bo‘yicha hech kim shug‘ullanmagan. 

Shuning uchun yer osti boyliklarimiz, xalqimiz bizdan kutgan natijalarni... shuncha boyligimiz bo‘lib, odamlarimizga salgina sovuq bo‘lsa elektr o‘chishlari, gaz yetishmovchiliklari hozirgi oddiy holatga aylanib bo‘lgan, lekin bu meni juda katta tashvishga solyapti va agar shu masalalarni joy-joyiga qo‘ymas ekanmiz, ertaga iqtisodiy barqarorlikka erishish juda qiyin bo‘ladi. Negaki, yoqilg‘i-energetika sohasisiz sanoatni rivojlantirish mumkin emas. 

Mana, kamida 4,5 mlrd kVt/s elektr energiyani import qilyapmiz. Bu yil juda katta marra oldik - O‘zbekiston sharoitida birinchi marta 73 mlrd kVt/s elektr energiyani ta'minlash bo‘yicha. Bu juda katta marra, bunday marrani biron marta amalga oshira olmaganmiz», - deydi davlat rahbari. 

Bundan oldin, prezident O‘zbekistondagi eng muammoli sohani ma'lum qilgandi. 

Mavzuga oid