Bugun, 21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda.

Unda iştirok etayotgan prezident Şavkat Mirziyoyev öz nutqida ijtimoiy sohaga budjet tomonidan berilayotgan mablağlarning talon-toroj qilinayotganiga e'tibor qaratdi va yana bir bor korrupsiyaga qarşi kuraş haqida gapirdi.

«Ijtimoiy sohaga budjet toonidan berilayotgan mablağlar talon-toroj qilinmoqda. Biz yaqinda Iqtisodiyot universitetidagi eng katta korrupsionerni işdan böşatdik. Uning örniga özim bilgan kişini qöydim. 

U yerda öqituvçilarning 60 foizi attestatsiyadan öta olmadi. 60 foiz. Tasavvur qilinglar, kimlar bolalarimizga dars bergan.

Ikkinçi tomoni, 60 attestatsiyadan ötmagan öqituvçilarning örniga tayyor kadr bormi-yöqmi? Ming afsuski, yöq.

Takror aytaman, hurmatli senator va deputatlar, rahbarlar, korrupsiyani yöq qilib, hammamiz qotgan non yesak ham özimiz örnak bölolsak, keskin özgariş böladi. 

Biz özimiz qöş-qöş qilib yaxşi maşinalar minsak, 4 qavatli uylar qilib yursak heç qaçon maqsadlarimizga yetolmaymiz.

Biz rahbarlar namuna bölolsak hammasi yaxşi böladi», deya Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.