Yangi tarkibdagi Oliy Majlis Senatining ilk yalpi majlisida taşkiliy masalalar körib çiqildi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Senatning 8ta qömitasiga, şuningdek, Reglament va odob komissiyasi raisi saylandi.

1. Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisligiga Ravşanbek Ozodbekoviç Alimov nomzodi tavsiya etildi. Ovoz beriş yakunlariga köra, Ravşanbek Alimovni mazkur qömita raisi etib tayinlaş töğrisidagi qaror qabul qilindi.

Köp yillar xorijiy davlatlarda elçi lavozimlarida işlagan, Andijon viloyatidan senator bölgan Ravşanbek Alimov Taşqi işlar vazirligining MDH davlatlari bilan işlaş boşqarmasi boşliği lavozimida işlaydi.

2. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisligiga Erkin Fayziyeviç Gadoyev nomzodi tavsiya etildi va nomzod qömita raisi lavozimiga saylandi.

Buxoro viloyatidan senatorlikka saylangan Erkin Gadoyev 2010 yildan 2018 yilgaça Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari sifatida işlagan, 2018 yildan buyon Moliya vazirligi departamenti direktorining birinçi örinbosari sifatida işlab kelmoqda.

3. Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi lavozimiga Batir Matmuratov nomzodi tavsiya etildi.

Avvalgi çaqiriqdagi Senatda ham şu qömitaga raislik qilgan nomzod bir ovozdan qöllab-quvvatlandi. U Qoraqalpoğiston Respublikasidan senator sifatida saylangan.

4. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi lavozimiga Qutbiddin Burxonov nomzodi qöyildi va u ham bir ovozdan saylandi.

Toşkent viloyatidan senator bölgan Qutbiddin Burxonov Senatga saylangunga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oşiriş markazi direktoridir.

5. Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi lavozimiga Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodi tavsiya etildi va senatorlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Farğona viloyatidan senator bölgan Robaxon Mahmudova Prezidentning Farğona viloyati Xalq qabulxonasi mudiri hisoblanadi.

6. Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitasi