Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi bölib ötmoqda. 

Kun.uz muxbiri xabariga köra, qöşma majlisda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilyapti.

Ma'lumki, Konstitutsiyaning 98-moddasiga muvofiq boş vazir nomzodi Oliy Majlisning Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Özbekiston prezidentiga körib çiqiş uçun taklif etiladi. 

Şundan kelib çiqib, yaqinda bölib ötgan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi majlisida prezidentga boş vazir lavozimiga nomzod taklif etildi.

Mamlakat prezidenti Abdulla Aripov nomzodini Özbekiston Respublikasi boş vaziri lavozimiga ilgari surdi.