Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida odamlarning yaxşi yaşaşga bölgan talablari ortib borayotganiga e'tibor qaratdi.

- Endi keçagi natija bilan xalqimizni rozi qila olmaymiz. Bugungi kun talabi har kuni izlaniş, yangilik yaratişdir. Şundagina xalqimiz hayoti yaxşi tomonga özgaradi, - dedi davlat rahbari. 

Avvalo, qonun, farmon va qarorlar ijrosini töğri taşkil etib, amalga oşirilayotgan islohotlarni har bir tuman va qişloqqaça yetib borişini ta'minlaş zarurligi ta'kidlandi. 

- Biz qança mukammal qonun, farmon va qarorlar qabul qilmaylik, agar ular joylarda yetarliça amalga oşirilmasa, şunça mehnat va sa'y-harakatimiz natijasi sezilmay qolaveradi, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Şuning uçun vazirlik va idoralar hamda hokimliklar işini oqilona va samarali yölga qöyiş hukumatning boş vazifasi bölişi lozim. Endi har bir topşiriqning ijro etilgani qoğozga qarab emas, erişilgan pirovard natijaga qarab baholanadi.

Har bir ijro organi özi mas'ul bölgan sohani örta va uzoq istiqbolda rivojlantiriş böyiça aniq reja va dasturlarga ega bölişi zarurligi körsatib ötildi.

- Endi iş faoliyatini faqat işxonasida ötkazgan va qoğozbozlikka berilib, amaliy natijani keyingi öringa tuşirib qöygan rahbarlar bilan xayrlaşamiz. Markazda ötiravergan vazirlar xalqqa nima kerakligini qayerdan biladi? Tarmoq va hududlar rahbarlari iş uslubini özgartirib, mas'uliyat va javobgarlikni öz zimmasiga olişni örganişi, öz aravasini özi tortişi kerak. Öz vaqtida hal qilinmagan muammolar joylardagi aholi kayfiyati va turmuş şaroitiga katta ta'sir körsatişini bir soniya bölsa ham unutmasligimiz zarur, - dedi Prezident.

Davlat organlari faoliyati hamda amalga oşirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilişi ustuvor vazifaga aylanişi kerakligi belgilandi.

Qonun çiqaruvçi va ijro hokimiyati örtasidagi özaro samarali hamkorlikni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş, ijroiya organlari rahbarlarining Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligini yanada oşiriş zarurligi ta'kidlandi.