Sönggi ikki kun içida Xitoyda yana 139 kişida kasallik yuqtiriş holati aniqlangan. Ularning aksariyati dastlab Uxan şahrida (Xubey viloyati) bölgan, bu yerda ilk yoyiliş aniqlangandi, ammo endi bu holatlar boşqa şaharlarda ham kutilmoqda.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 22 yanvar, çorşanba kuni, Xitoyda yangi koronavirus tarqalişi sababli favqulodda qömitaning şoşilinç yiğilişini çaqirdi. Kasallik Xitoyda tarqalgan, ammo undan zararlaniş holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda ham qayd etilgan.

Pekinda 2ta yuqtiriş holati qayd etilgan, Hongkong bilan çegaradoş Şençjen şahrida — bitta.

Dekabr oyidan beri koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 200 kişidan oşdi, ulardan 4 nafari vafot etdi.

Kasallik darajasi keskin kötarilgani sababli, hukumat epidemiya yanada kengroq tarqalişi mumkinligidan xavotirda. Joriy haftada millionlab xitoyliklar oy taqvimiga binoan yangi yilni nişonlaydilar (25 yanvar), bayramda qarindoşlarini ziyorat qiliş odat tusiga kiradi — köpçilik mamlakatning boşqa hududlariga yöl oladi. 

Xitoylik tadqiqotçilar Uxanda virusli pnevmoniyaga olib keladigan ilgari noma'lum bölgan koronavirus tarqalişini aniqlaşgan. Virus hali yaxşi örganilmagan.

Yangi virus haqida nimalar ma'lum?

  • 2019-nCoV virusi hali odamlarga yuqmagan koronavirusning bir variantidir. 
  • Koronaviruslar — 38 turdagi viruslarni öz içiga oladigan viruslar oilasi, ularning oltitasi (va yangi virus bilan - yettitasi) odamga yuqadi.
  • Tadqiqotçilarning fikriça, virus odamlarga hayvonlardan yuqqan, ammo u odamdan odamga ham yuqişi mumkin. 
  • Infeksion belgilari orasida isitma, yötal, nafas qisişi mavjud. 
  • Odamlarga hayvonlarga teginmaslik, yetarli darajada qaynatilmagan yoki qovurilmagan göşt va tuxumlardan saqlaniş va şuningdek şamollaş yoki gripp belgilari bölgan odamlar bilan aloqa qilmaslik tavsiya etilmoqda.

Yangi virusni kim yuqtirdi?