Kasallik 50 nafardan ortiq odamda aniqlangan, ulardan biri vafot etgan, yana olti kishi og‘ir ahvolda. 

Bemorlarda pnevmoniyani keltirib chiqaradigan rivojlantiradigan yangi virusning paydo bo‘lishi, shubhasiz, tashvishlanish uchun yetarli sababdir. Dunyo tibbiyot xodimlari voqealar rivojining har qanday ko‘rinishiga tayyorlanmoqda.

Epidemiya qisqa muddatlimi yoki bu jiddiy xavfning dastlabki belgisimi?

Virus haqida nimalar ma'lum?

Virusni laboratoriyada tekshirish uchun bemorlardan tahlil olingan.

Xitoy rasmiylari va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti infeksiya koronavirusni keltirib chiqaradi degan xulosaga kelishdi. 

Koronaviruslar oilasi tarkibiga yetarlicha ko‘p virus kiritiladi, ammo ulardan faqat oltitasi (va yangi virus bilan yetti) odamga yuqishi mumkin. 

2002 yilda, Xitoyda boshlangan koronavirusning tarqalishi natijasida 8098 kishi atipik pnevmoniya (atipik – oddiy bo‘lmagan, murakkab shamollash; bu kasallik og‘ir o‘tkir respirator sindromi (SARS) deb ham ataladi) bilan  kasallangan. 774 kishi vafot etgan. 

«Odamlar SARS'ni hali ham dahshat bilan eslaydilar, qo‘rquv paydo bo‘ladi, ammo endi biz ushbu kasalliklarga qarshi turishga ko‘proq tayyor bo‘ldik», deydi Wellcome Trust'dan doktor Josi Golding. 

Xavf qay darajada?

Koronavirus infeksiyasining oqibatlari turlicha: o‘rtacha shamollashdan o‘limgacha. 

Yangi virus ushbu diapazonning o‘rtasida joylashgan ko‘rinadi. 

«Biz yangi koronavirus bilan duch kelganimizda, alomatlar jiddiyligini aniqlashga intilamiz. Bu safar simptomlar shamollashni eslatadi, ya'ni xavotirlanishga asos bor, lekin bu SARS'dek qo‘rqinchli emas», — deydi Edinburg universiteti professori Mark Vulhaus. 

U qayerdan kelgan?