Bu haqda partiya yetakçisi Alişer Qodirov 21 yanvar kuni Oliy Majlis palatalarining qöşma majlisida aytib ötdi.

Majlis davomida prezident Şavkat Mirziyoyev Boş vazir lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini tavsiya etdi. Sözga çiqqan senator va deputatlar Abdulla Niğmatoviçning iş faoliyati va şaxsiy sifatlari borasida ijobiy fikr bildirdi.

Muhokama vaqtida Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi rahbari Alişer Qodirov ham söz oldi.

«Hurmatli prezident, özingiz aytganingizdek, saylovlar oldidan barça partiyalar boş vazirlikka öz nomzodini körsatişdi va bu judayam tabiiy jarayon edi. E'tibor bergan bölsangiz, butun saylov jarayonida biz nomzodimizni körsatmadik. OAV bizga saylovni oxirgi kunigaça savol berdi, «Nima uçun sizda boş vazirlikka nomzod yöq?»

Biz Abdulla Niğmatoviçga aytgan edikki, biz saylovda ğolib bölsak, sizning nomzodingizni körsatamiz. Öşanda Abdulla Niğmatoviç: «Meni qaysi partiyadan, kim nomzodimni körsatişi muhim emas, muhimi vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilişim», degan edilar.

Biz şuningdek, etika va raqiblarimizga hurmat yuzasidan ham Abdulla Aripov nomini ommaviy e'lon qilmadik. Bu bizning rejamizda bölgandi», deya partiya rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, ötgan yilning 29 oktabr kuni Kun.uz muxbiri siyosiy partiya rahbarlari bilan boğlanib, saylovlarda ğalaba qozongan taqdirda boş vazir lavozimiga kimning nomzodini ilgari surişlari böyiça ma'lumot olgan edi.

Unda faqat «Milliy tiklaniş» partiyasi rahbari Alişer Qodirov uşbu savolga oçiq javob berişdan boş tortgan va buni «Nomzodimizni hozirdan bosimda qoldiriş notöğri», deya izohlagan edi.

Majlisda prezident Şavkat Mirziyoyev partiyalarning saylovlar oldidan boş vazirlikka nomzod körsatganini OAV orqali kuzatgani va bu juda ijobiy holat ekanini ta'kidladi.