Apple kompaniyasi fevralda arzon iPhone yiğişni boşlaydi, deb xabar berdi Bloomberg öz manbasiga tayanib. Yangi telefon mart oyida taqdim etilişi rejalaştirilgan.

Qayd etilişiça, u kompaniyaning iPhone SE davridan buyon çiqarilgan birinçi arzon telefoni böladi. U iPhone 8 körinişida bölib, ekran diagonali 4,7 dyuymga teng böladi. Touch ID funksiyasi "Uyga" tugmasiga joylaştirilişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, yangi telefon iPhone 11dagi kabi protsessorga ega böladi.

Bloomberg manbasining sözlariga köra, Apple yangi iPhone yordamida mobil qurilmalar bozoridagi örnini kengaytirmoqçi.