O‘zbekiston | 08:18 / 22.01.2020
2811
1 daqiqa o‘qiladi

Deutsche Bahn O‘zbekiston transport infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Transport vazirligida Deutsche Bahn kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning MDH bo‘yicha direktori Vinsent van Xauten boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan transport vazirning birinchi o‘rinbosari Ilhom Mahkamov muzokaralar olib bordi. 

Uchrashuvda jamoat transporti sohasida operativ boshqaruv tizimini joriy etish, xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchi tashuvlarini hamda mamlakatimiz tranzit va logistika potensialini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. 

Deutsche Bahn kompaniyasi ekspertlarini jalb etgan holda hamkorlikning boshlang‘ich fazasida ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha ofisi ishini tashkil etishga kelishib olindi. 

Uchrashuv yakunida Transport vazirligi va Deutsche Bahn kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid