«Sizlarga mamnuniyat bilan ma'lum qilmoqçimizki, Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat taşkilot sifatida röyxatga olindi hamda rasman öz iş faoliyatini boşladi. 

Jamoat fondimizning asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalariga media bozorida teng şaroit yaratiş, ularni yanada rivojlantiriş hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini röyobga çiqarişga kömaklaşişdir. 

Şuningdek, jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining özini özi boşqariş mexanizmlarini işlab çiqişga kömaklaşişni ham öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularga huquqiy, taşkiliy, texnik va boşqa xil yordam körsatiş jamoat fondining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. 

Kelgusida jamoat fondi va uning loyihalari haqida batafsil ma'lumot berib boramiz. Bizni kuzatişda davom etasiz, degan umiddamiz», deyiladi fondning telegramdagi kanalida.