Xitoyda omma örtasida tanilgan blogerlar, strimerlar va boşqa fikr yetakçilariga, agar ularda tegişli ma’lumot bölmasa, meditsina va yurisprudensiya kabi yuqori toifadagi malaka talab etiladigan mavzularda fikr yuritiş taqiqlandi. Bu haqda CNBC naşri Xitoyning radio va televideniye davlat boşqarmasi hamda Xitoy madaniyat va turizm vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.

Yangi qoidalarga köra, inflyuyenserlar özlari translatsiya olib borayotgan platformada malakasini tasdiqlaşi şart böladi. Onlayn-strimlar maydonçalari administratorlari esa ixtisoslaştirilgan kontent mualliflarining malakasini tekşiriş majburiyatini öz zimmasiga oladi.

Sönggi 16 oy içida Xitoy hukumati onlayn kontentni tartibga solişni kuçaytirgan va foydalanuvçilar uçun qöşimça çeklovlar joriy etgan. Jumladan, 16 yoşdan kiçik bölgan bolalarga soat 22:00 dan söng strimlarni tomoşa qiliş taqiqlandi.

Translatsiya mualliflariga haşamatli narsalar va şohona yaşaş tarzini namoyiş etiş, şuningdek, şahvoniy va provokatsion mohiyatga ega kontent tayyorlaş taqiqlanadi.