Farğona viloyati Quva tumanida qimor öynaş bilan şuğullanadigan kimsa öz qilmişini yaşiriş maqsadida boşqa bir jinoyatga qöl uradi.

Postda.uz’ning yozişiça, u joriy yilning 17 yanvar kuni Quva tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bölimi içki işlar organlari tayanç punkti profilaktika inspektoriga murojaat qilib, kutilmagan taklifni örtaga taşlaydi.

Qimorboz profilaktika inspektoriga Quva tumani Böston mahallasidagi oşxonalarning birida qimor öyini taşkil etişayotgani, bu harakatlarga köz yumib, qonuniy çora körmasdan yursa, har oyning 17 sanasida 800 ming söm miqdorida pora berib turişni taklif qiladi. Profilaktika inspektori fuqaroga qimor öynaş huquqbuzarlik, qimorxona taşkillaştiriş esa jinoyat ekanligi, davlat organi xodimiga pora taklif qilişning huquqiy oqibatlari haqida har qança tuşuntirmasin, u fikridan qaytmadi.

Oxir-oqibat, profilaktika inspektori qasamyodiga sodiq qolib, fuqaroning bu xatti-harakati haqida rahbariyatga bildirgi bilan murojaat qildi.

Uning bildirgisi asosida ötkazilgan tadbir çoğida fuqaro 800 ming söm miqdoridagi pullarni profilaktika inspektoriga pora tariqasida berayotgan vaqtida aşyoviy dalil bilan qölga olindi.

Mazkur tadbir davomida fuqaro aytgan manzilda bir guruh şaxslar tomonidan qimor öynayotganligi ham foş etildi. U yerdan 650 ming söm miqdoridagi pullar, qarta va oşiq toşlari xolislar iştirokida, daliliy aşyo sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qöşimça suriştiruv işlari olib borilmoqda.