Rossiyadagi özbeklarning köp jinoyat qilayotgani haqidagi gaplar qançalik haqiqatga yaqin? Boş konsulning OAVga e'tirozi nimada? Nega salbiy xabarlar tez tarqalib, ijobiylariga e'tibor berilmaydi?
Özbekistonning Qozon şahridagi boş konsuli Faridin Nasriyev Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida şular haqida fikrlarini bildirdi.
Diplomatdan dastlab Rossiyada yaşayotgan millionlab Özbekiston fuqarolari orasida jinoyatçilik darajasi qay darajadaligi haqida söradik.
«Statistika qilinayotganda özbeklar köp jinoyat qilayotgandek körinadi. Ammo bizdan kelayotganlar köpligini ham inobatga oliş kerak-ku. Aholi soniga taqsimlansa, foiz jihatidan özbeklar orasidagi jinoyatçilik kam, ya'ni Özbekiston fuqarolari orasidagi jinoyatçilik kam, aslida.
Yana bir narsani ta'kidlaşni istardimki, Rossiyada ilmli, özining yölini topib ketgan fuqarolarimiz köp. Ammo negadir, ommaviy axborot vositalari salbiy xabarlarni köproq yoritadi. Bir özbek kimnidir öldiribdi, boşqa biri öğrilik qilibdi... Bu ayniqsa özbek OAVda köp kuzatiladi. Nega özbek fuqarolarining yutuqlarini körsatmaysizlar?

Mana yaqinda Permda özbek fuqarosi yonayotgan avtobusdan odamlarni qutqardi. Yoş yigit.
Qozon federal universitetda 3800 nafar özbekistonlik talaba tahsil oladi. 80 ming talabasi bor universitetda özbek talabasi «Yil talabasi» böldi. Bunday yigitlarimiz – bizning ğururimiz. Nega bu narsalarni körsatmay, faqat salbiy tomonlarni yoritamiz?!
Bilimli, ilmli, yaxşi joyda işlaydigan, tadbirkor fuqarolarimiz ham bor. 15, 20, 25 yil oldin çiqib ketgan vatandoş tadbirkorlarimiz bilan ham işlayapmiz hozir. Ular ham vatanparvar, ularda ham ğoya bor. Fuqaroligini olgandir, ammo özbekman, deb iqtisodiyotni rivojlantirişga sarmoya qilmoqçi. Bu tomonlari ham bor-ku.
Sababi – salbiy bölsa, hamma öqiydi. Ijobiy bölsa, öqimaydi. Qança million «layk» olamiz. Şunaqami OAV? Töğri, salbiy xabarlar bölsin, ammo haqiqat bölsin. Bu tomonini ham unutiş kerak emas», – deydi boş konsul.













