Özbekistonning AQŞdagi elçisi Javlon Vahobov boşçiligidagi delegatsiya Missisipi ştatining yangi gubernatori Teyt Rivzning inauguratsiyasi marosimida iştirok etdi. Marosim ştat poytaxti hisoblanmiş Jyekson şahrida bölib ötgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Ştatning 65-gubernatori bölgan Rivz 2019 yil 5 noyabrdagi gubernator saylovlarida ğalaba qozongan. U 2004 yildan beri ştat ma'muriyatida işlab kelgan, 2012-2020 yillar davomida gubernator örinbosari lavozimini egallab kelgan.

Özbekiston delegatsiyasining Jyeksonga taşrifi davomida gubernator ofisi vakillari, ştatning sobiq gubernatori Fil Brayant, ştatning iqtisodiyot va qişloq xöjaligi vazirlari Glen Makkolux va Endi Gibson bilan uçraşuvlar bölib ötgan.

Missisipi gubernatori ofisi Özbekiston bilan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda hamkorlik aloqalarini kengaytirişni davom ettirişga tayyorligini ta'kidlab ötgan. Şuningdek, Teyt Rivzning joriy yil oktyabrida Özbekistonga taşrif buyurişi böyiça kelişuvga erişilgan.    

Uçraşuvda Missisipining sobiq gubernatori Fil Brayant 2019 yil mayida Özbekistonga uyuştirgan taşrifini iliq xotiralar bilan eslab ötgan.

“Men uçun Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyin unga taşrif buyurgan birinçi amerikalik gubernator böliş şaraflidir. Yangi Özbekiston – bu jadal rivojlanayotgan islohotçi davlat bölib, u butun mintaqaning kun tartibini belgilamoqda va dunyodagi boşqa davlatlarga munosib örnak bölib xizmat qilmoqda”, deb ta'kidlab ötgan Brayant.