Javlon Vahobov AQŞdagi missiyasini 2023 yil mart oyida yakunlagan edi.

8 oylik tanaffusdan söng u Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori sifatida iş boşlagan. Institut faoliyatining asosiy vazifalari qatoriga mintaqani barqaror rivojlantiriş jarayonlarini tadqiq etiş kiradi.

Vahobov faoliyati davomida köplab yuqori lavozimlarda işlagan. Xususan, 2011-2013 yillarda Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari, 2013 yilda Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori sifatida faoliyat olib borgan.

Diplomat 2013-2015 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari, 2015-2017 yillarda taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimlarida işlagan.

Javlon Vahobov 2017 yildan boşlangan AQŞdagi elçilik faoliyati bilan Toşkent–Vaşington munosabatlari faollaşişining yangi davrida muhim missiyani bajardi.