Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi dunyoga xavf solayotgan «balo chavandozlari» to‘g‘risida gapirdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish hozirda butun dunyoga xavf solayotgan «to‘rtta balo chavandozi» mavjudligi haqida aytdi.
«Bu to‘rt chavandoz umumiy kelajagimizning har bir jabhasini xavf ostiga qo‘yishi mumkin», — dedi u.
Uning aniqlik kiritishicha, bular geosiyosiy keskinlik, iqlim o‘zgarishlari, global ishonchsizlik va yangi texnologiyalarni suiiste'mol qilishdir.
Guterrishning fikricha, keyingi vaqtda global keskinlik eng yuqori darajaga chiqdi va xalqaro munosabatlar tizimini izdan chiqarishi mumkin.
«Kelayotgan o‘n yil davomida biz qashshoqlikni bartaraf etish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va pandemiyaga qarshi, ta'lim, energetika, suv ta'minoti va sanitariya, transport va infratuzilma hamda internet uchun mablag‘ sarflashimiz kerak», — dedi u.
Guterrish bundan tashqari, BMT noqonuniy moliyaviy oqimlarga qarshi kurashishi, korrupsiyani yo‘q qilishi va adolatli soliq tizimini ishlab chiqishi kerakligini qayd etdi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026