Özbekistonda bugun tadbirkorlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Ularning haq-huquqlarini himoya qiliş haqida köplab farmon va qarorlar e'lon qilindi. Ammo bugun joylarda ba'zi mutasaddilar prezident va hukumat tomonidan tadbirkorlarga taqdim etilayotgan şart-şaroit va e'tiborga qaramasdan ularning haq-huquqlarini toptaşda hamda mulklariga zarar yetkazişda davom etişmoqda.
Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida faoliyat yuritayotgan «Ali-Muhammad-Bek Invest» MÇJ rahbari Bibixalima Nazarova nohaqlikka duç kelmoqda.
U tomonidan Kun.uz saytiga qilingan murojaatda «Qamaşitumangaz» idorasi va boşqa bir guruh tadbirkorlar tumanning «Qiziltepa» MFY hududida joylaşgan «Ali-Muhammad-Bek Invest» MÇJga qaraşli 3 gektar yer maydonining örtasidan tadbirkorning ruxsatisiz, noqonuniy tarzda önga yaqin gaz quvurlarini ötkazişgani haqida yozilgan.
Sayt muxbirlari uşbu muammoni örganiş uçun Qamaşi tumanida böldi.
Tadbirkor B.Nazarovaga tegişli 3 gektar maydon 100x300 metr ölçamda bölib, uning bir qismida molxona va tovuqxona sifatida foydalaniş uçun bino qurilgan va u yerda tadbirkor parrandaçilik va çorvaçilik bilan şuğullanib kelmoqda.
2019 yil bahor oylarida tadbirkor egalik qilayotgan jamiyatga tegişli yer bilan tutaş bölgan hududda «Qamaşitumangaz» filiali tomonidan gaz taqsimlaş stansiyasi quriladi.
Şundan söng, «Qamaşitumangaz» filiali gaz taqsimlaş stansiyasidan aholiga gaz beriş uçun tadbirkorning yeridan noqonuniy tarzda gaz quvuri ötkazadi.
Quriliş işlari olib borilayotgan vaqtda, biroz ötib undan quvur tortilayotganda işçilar tadbirkorning yeriga ekilgan buğdoy va arpani ham payhon qilib taşlaşadi.
Mavzuga oid
Tadbirkor mazkur holat yuzasidan Qamaşi tuman xalq qabulxonasiga oğzaki murojaat qiladi. Murojaatga javoban Xalq qabulxonasiga «Qamaşitumangaz» filiali rahbari E.Hayitov çaqiriladi.
U aholiga tortilgan gaz quvuri vaqtinçalik turgani va uni tez orada köçirişlarini aytib, muammoni hal qilişga va'da beradi. Lekin u yoz davomida va'dasini bajarmaydi.
«Bu orada men öz işlarim bilan band bölib yurganimda noyabr oyida turli korxonalar tomonidan gaz tarqatiş stansiyasiga yana bir neçta quvur tortilibdi», deydi tadbirkor.
Quvurlar soni köpayganidan söng, 2019 yil 20 noyabr kuni tadbirkor yordam sörab Qamaşi tuman prokuraturasiga şikoyat arizasi bilan murojaat qiladi.
Qamaşi tuman prokuraturasi holat yuzasidan suriştiruv ötkazganda «Qamaşitumangaz» filiali rahbari E.Hayitov, tadbirkorga uning yeridan ötkazilgan gaz quvurlardan faqat bittasi «Qamaşitumangaz» filialiga tegişli ekani, qolgan quvurlar turli tadbirkorlarga tegişli ekanini ma'lum qiladi.
Söng, qiş mavsumida gaz quvuri köçirilsa aholi xonadonlari gazsiz qiynalib qolişi mumkinligini aytib, tadbirkordan bahorgaça muhlat berişini söraydi.
Tadbirkor rozi böladi va bu haqda rozilik xati yozib beradi.
Tadbirkor bir neça bor Qamaşi tumani hokimi qabuliga kirib, unga özi duç kelayotgan muammo yuzasidan oğzaki tarzda murojaat qiladi va yeridan tortilgan noqonuniy gaz quvurlarini oldirişda yordam söraydi. Qamaşi tuman hokimi tadbirkorga boşqa joydan yer berişini aytadi. Tadbirkor rozi bölmaydi.
Şundan söng tadbirkor Boş vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş Qamaşi tuman qabulxonasiga yozma murojaat qiladi. Tadbirkorning aytişiça, bu qabulxona hanuz uning murojaatiga javob bermagan.
2019 yil 9–10 dekabr kunlarida Qaşqadaryo viloyatida turli vazirliklar, idoralar va qömitalarning rahbar xodimlari iştirokida sayyor qabul bölib ötadi.
Öşanda tadbirkor öz muammosi yuzasidan Boş prokuror örinbosari E.Yöldoşev, Prezidentning davlat maslahatçisi A.Usmonov va respublika «Hududgazta'minot» AJ rahbari örinbosari T.Turdiyev qabuliga kiradi.
Prezident maslahatçisi A.Usmonov Qamaşi tumani hokimiga, Boş prokuror örinbosari E.Yöldoşev Qaşqadaryo viloyat va Qamaşi tuman prokurorlariga tadbirkorning muammosini zudlik bilan hal qilib, noqonuniy tortilgan gaz quvurlarini uning yeridan oldiriş çoralarini köriş haqida topşiriq beradi.
«Hududgazta'minot» AJ rahbar örinbosari T.Turdiyev esa tadbirkorga sudga murojaat qilişni maslahat beradi.
Tadbirkor unga muammo böyiça sudga murojaat qilmasligini, gaz quvurlarini noqonuniy tortganlar uni köçirişi lozimligini aytadi.
Tadbirkorning ma'lum qilişiça, bugungi kunda uning muammosi bilan boğliq iş Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi xodimi S.Azimov nazoratida turibdi. Uning aytişiça, sayyor qabul bölib ötganidan keyin ham uning yeridan yangidan yangi gaz quvurlarini tortiş işlari davom etgan.
S.Azimov uşbu muammoni örganiş davomida «Hududgaz Qaşqadaryo» MÇJ va gaz nazorati inspeksiyasi xodimlarni işga jalb etgan va ikki marta Qamaşiga kelib, tadbirkor va uning yeridan gaz quvuri tortgan korxona va taşkilotlarning rahbarlarini, tuman hokimiyati vakillarini töplab, muammoning yeçimi böyiça yiğiliş ötkazgan.
Ana şu yiğilişlarning ikkisida ham tadbirkor tuman hokimligi tomonidan öziga boşqa joydan yer beriş va kompensatsiya tölanişi haqidagi taklifni rad etgan va yeridan noqonuniy tarzda ötkazilgan gaz quvurlarini oldirişni talab qilgan.
B.Nazarovadan nega boşqa joydan yer beriş haqidagi taklifga rozi bölmaganini sababini söradik.
«Hozirgi yerimda tovuqxona va qöyxona bor. Binoni buzib olib ketib, boşqa joyda qayta qurişning özi bölmaydi. Bino boşqa joyda, yer boşqa joyda bölib qolsa, buning ham öziga yaraşa noqulayliklari bor. Buning ustiga buziladigan binolar uçun arzimagan miqdorda pul berişmoqçi. Qolaversa, nega mening yerimdan roziligimsiz noqonuniy tarzda gaz quvuri ötkazişadi?», deya javob berdi u.
«Ali-Muhammad-Bek Invest» MÇJ yeridan ruxsatsiz quvur ötkazgan tadbirkorlar, bugun öşa gaz quvurlarni köçiriş katta xarajat talab qilişini bildirişmoqda.
Muammoni örganiş uçun borganimizda tadbirkorga tegişli yerdan ötgan gaz quvurlarining jami soni sakkiztaga yetganiga guvoh böldik.
«Muammo böyiça qayerga murojaat qilsam ham mutasaddilar muammoni hal qilişni emas, balki mening şaxsim, iş faoliyatim bilan qiziqişyapti», deydi tadbirkor.
Biz tadbirkor qurgan binoni közdan keçirganimizda u yerda parranda ham, çorva mollari ham yöq edi.
Tadbirkordan buni parrandaçilik va çorvaçilik bilan yilning asosan ob-havo issiq paytida şuğullanişi, qiş mavsumida şuğullanişning imkoni yöqligi bilan izohladi.
«Kelajakda bu yerda qöşimça binolar quriş va binolarga issiqlik tizimini örnatiş işlari rejamda bor. Egalik qilayotgan yerimdan önga yaqin gaz quvurlarini tortişgani bu işlarni boşlaşimga tösiq bölyapti», deydi u.
Voqea joyini közdan keçirganimizda, öz vaqtida gaz tarqatiş stansiyasidan tortilgan gaz quvurlarni tadbirkorning yerini çetlab ötib yoki ruxsat olib uning yerining bir çetidan tortib ketiş imkoniyati ham bölganini kördik. Negadir loyihaçilar bunday qilişmagan. Çetdan qaraganda bu işlar jörttaga tadbirkorning yerini tortib oliş uçun qilinganday taassurot qoldiradi.
Aks holda, tadbirkor yeridan noqonuniy tarzda gaz quvurlarini ötkazişayotgani haqida şikoyat qilganidan keyin ham öşa yerdan yana bir neçta gaz quvuri tortilganini nima deb izohlaş mumkin?
Uşbu muammo yuzasidan izoh oliş uçun Qamaşi tuman hokimligiga bordik. U yerda bizga «Qamaşitumangaz» filiali rahbarini röbaru qilişdi.
Tadbirkor aytganiday, gaz idorasi rahbari öz gapini muammo haqida emas, balki tadbirkorning iş faoliyatidan kamçilik topiş bilan boşladi.
Undan gaz quvurlari tadbirkorning yeridan emas, nega sal nariroqdan ötkazilmagani sababini söraganimizda u janubroqdagi yer dehqon xöjaliklariga berilgan yer ekanini aytdi.
Qamaşi tuman Yer zaxiralari va davlat kadastr bölimi boşliği Abdurasul Bozorov bergan ma'lumotga köra, tadbirkorning yeriga tutaş öşa hududlar, aholiga 2019 yil boşida dehqon xöjaligi sifatida foydalaniş uçun berilgan. Lekin bugungi kunda uşbu hudud qarovsiz holda taşlab qöyilgan.
Endi qarang: tadbirkorning bino tiklangan yeridan ruxsatsiz, noqonuniy gaz quvur yotqizsa bölaverar ekan-u, biroz narida aholiga dehqon xöjaligi sifatida foydalanişga 2019 yil yanvar-fevral oylarida berilgan bölsa-da, yilning oxirigaça qarovsiz yotgan yerdan tortib bölmas ekan.
Undan ham qiziği — «Qamaşitumangaz» filiali rahbari xuddi xarajatni öz çöntagidan tölaydiganday «quvurlarni köçiriş katta mablağni talab qiladi», degan gapni uşlab olgan.
Şu örinda bir mulohaza: Hammamizga ma'lum, bugun mamlakatimizda tadbirkorlarning haq-huquqlarini himoya qiliş eng ustuvor masalaga aylangan.
Şuning uçun ham 2019 yil 14 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalarini taşkil etiş belgilandi.
Ana şunday holatda joylardagi ayrim mutasaddi şaxslar tomonidan tadbirkorlar işiga xalaqit beriş, ularning mulkiga zarar yetkaziş işlari davom etayotgani juda açinarli holatdir.
Kun.uz tadbirkor B.Nazarova duç kelayotgan muammo ijobiy hal qilinişi masalasida tegişli idora va taşkilotlardan izoh sörab qoladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi