22 yanvar kuni Toşkent şahri hokimiyatida yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar yönalişida qilingan çora-tadbirlarga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Hokim örinbosari Elbek Şukurov Toşkent şahrida maktabgaça ta'lim muassasalari xususida gapirdi.

«2019 yilda Toşkent şahrida maktabgaça ta'lim sohasida qilingan işlarga töxtalib ötaman. 18ta davlat bolalar boğçalari töliq ta'mirdan çiqarildi, Sergeli tumanida 5ta yangi bolalar boğçasi taşkil etildi. 65ta nodavlat maktabgaça ta'lim taşkiloti oçildi. Ayni vaqtda Toşkent şahrida maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul uçun navbatga qöyilgan bolalar soni qariyb 20 ming nafarni taşkil etyapti. MTMlardagi yaratilgan şart-şaroitlarga qarab navbatga turiş vaqti farqlanadi.

Tölov miqdori ança past bölgan boğçalarga ariza berilgan kundan boşlab qabul amalga oşiriladi. Narx yuqorilaşgani sari talab kuçayadi va şunga qarab muddat çöziladi. Eng köp muddat 2-3 oy hisoblanadi. Bu, albatta, qamrov hajmiga ham boğliq. Aholi ziç tumanlarda MTMlar soni kam bölsa, navbatga turiş vaqti uzayadi. Bizda Sergeli tumani böyiça muammolar yuzaga keldi. U yerda aholi soni oşib boryapti. MTMlardagi navbat ham juda katta. Yil davomida bu muammoni tizimli hal qilamiz», deya Şukurovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.