2020 yil 15 yanvar kuni Xorazm viloyat IIB va Qöşköpir tumani böyiça IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida, 28 yoşli J.R. yaşil rangli, öziga xos ötkir hidli quritilgan holdagi oğirligi 152,2 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravişda 500.000 söm evaziga S.I.ga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilişiça, dastlabki tergov jarayonida J.R. öz körsatmasida, 2019 yil oktabr oylarida kannabis ösimligi uruğini ekib, uni parvarişlab, tarkibida giyohvandlik vositasi bölgan ösimlik yetiştirganligini, uni yiğib olganidan söng quritib, maydalab keyinçalik sotiş maqsadida qopga solib qöyganligini, şu bilan birga, J.R.ning özi giyohvandlik vositasini iste'mol qilmasligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qöşköpir tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan J.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida J.R.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan ayblov e'lon qilingan va “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.