Prezident parlamentga murojaatnomasida Şavkat Mirziyoyev 2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oşirilişi zarur bölgan dasturiy va maqsadli vazifalarga körsatib ötdi. Prezident nutqida yana bir bor Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi haqida gapirib, gap a'zolik emas, hamkorlik haqida ketayotganini ta'kidladi.

«Yana bir muhim masalaga e'tiboringizni qaratmoqçiman.

Aholi daromadlarini oşiriş, qöşimça iş örinlari yaratiş, mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş uçun bizga yangi-yangi bozorlar kerak.

Buning uçun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos köplab qonun va qarorlarni qabul qilyapmiz.

Lekin, afsuski, ularni ijro qiladigan köpgina amaldorlar hali ham eskiça iş uslubi, rasmiyatçilik va befarqlikdan qutulgani yöq.

Oçiq bozor – mahsulot sifatini oşiriş, tannarxni pasaytiriş, yangi texnologiyalar olib kelişga majbur qiladi, bozor islohotlarini jadal rivojlantiradi.

Sodda qilib aytsak, jahon işlab çiqariş zanjirlariga, dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga hamohang bölişimiz lozim.

Muloqot va raqobatga tayyor böliş uçun tarmoq rahbarlari öz ustida tinimsiz işlaşi şart.

Mana, nima uçun bizga iqtisodiy integratsiya kerak!

Bizning taşqi savdoga çiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozoğiston, Qirğiz Respublikasi va Rossiyaning tranzit yölaklari orqali ötadi.

Şuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar böyiça esa 80 foizi Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston hissasiga töğri keladi.

Ana şu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozoğistonga işlaş uçun borgan fuqarolarimizga qulay şart-şaroit yaratiş maqsadida, bugungi kunda Özbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qiliş bilan boğliq masalalar örganilmoqda.

Biz, albatta, uşbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib çiqib, ularning xohiş-irodasiga tayanamiz.

Şuning uçun xalq vakillari bölgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atrofliça muhokama qilib, öz zimmalariga mas'uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytişlari kerak.

Vazirlar Mahkamasi uşbu yönalişdagi tahliliy va kompleks baholaş işlarini yakunlab, tegişli xulosa va takliflarni Oliy Majlis palatalariga taqdim etsin.