Özbekiston tarixida ilk marotaba kambağallik oliy darajadagi rahbariyat tomonidan tan olindi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yöllagan murojaatnomasida mamlakatdagi kambağallik darajasi 12-15 foiz atrofida ekanini ma'lum qildi.
«Hududlarda, ayniqsa qişloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbayiga ega emasligi heç kimga sir emas. Buni yaşirib yurişga haqqimiz yöq. Endi oçiqça aytişimiz kerak. Hurmatli deputatlar ham, senatorlar ham şuni bilişi kerak.
Har qanday mamlakatda bölgani kabi, bizda ham kam ta'minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga köra, ular taxminan 12-15 foizni taşkil etadi. Bu – kiçkina raqamlar emas. Gap 4-5 million aholi vakillari haqida ketyapti. Bu – juda katta raqam.
Agar yetarli daromad manbayiga ega bölmagan mana şu 4-5 million aholi masalasiga alohida e'tibor bermasak, köp narsalarda közböyamaçilik, balandparvoz gaplar... 12-15 foiz aholimiz yetarli daromad manbayiga ega emas.
Hokimlar, vazirlar, hamma mutasaddilar bilişi kerak. Biz birinçi marta mana şu narsani oçiq aytyapmiz. Kambağalligimiz, ya'ni 12-15 foiz aholimizning daromadi hali ança past», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbariga köra, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini tölaş yoki ular miqdorini oşiriş orqali kambağallik muammosini hal qiliş mumkin, deb hisoblaş – bir tomonlama yondaşuv bölib, muammoni töla yeçiş imkonini bermaydi.
«Kambağallikni kamaytirişga aholida tadbirkorlik ruhini uyğotiş, insonning içki salohiyatini töla röyobga çiqariş, yangi iş örinlari yaratiş böyiça kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oşirişimiz kerak.
Şuning uçun, Jahon banki, BMTning Rivojlaniş dast uri va boşqa xalqaro taşkilotlar bilan birga Kambağallikni kamaytiriş dasturini birinçi marta işlab çiqişni taklif qilaman.
Bunda xalqaro me'yorlar asosida, çuqur örganişlar ötkazib, «kambağallik» tuşunçasi, uni aniqlaş mezonlari va baholaş uslublarini qamrab olgan yangi metodologiya yaratiş lozim», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ma'lum qilinişiça, oxirgi 2 yil içida ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni 1,3 barobarga köpayib, nafaqalar miqdori ikki barobarga oşgan.













