Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida qonun ustuvorligini ta'minlaş va korrupsiyaga qarşi qat'iy kuraşiş böyiça muhim takliflarni ilgari surdi. Nutq davomida Parlament va Prezidentga hisobdor bölgan korrupsiyaga qarşi mustaqil organ taşkil etilişi böyiça taklif berildi.

«Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati özining turli körinişlari bilan taraqqiyotimizga ğov bölmoqda.

Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bölmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmoği rivojlanmaydi.

Tadbirkorlar hanuzgaça yer ajratiş, kadastr, quriliş, litsenziya, bojxona, bank, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duç kelayotgani, Prezident nomiga kelib tuşayotgan köplab murojaatlar ham, matbuot va ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlar ham yaqqol körsatib turibdi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşişda aholining barça qatlamlari, eng yaxşi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barça a'zolari, ta'bir joiz bölsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, öz oldimizga qöygan yuksak marralarga erişa olmaymiz.

Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kuraşişdan uning barvaqt oldini olişga ötişimiz kerak.

Uşbu vazifalar ijrosini tizimli taşkil etiş maqsadida parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarşi kuraşişga mas'ul böladigan alohida organ taşkil etişni taklif etsam, sizlar nima deysizlar?!

Prezident Administratsiyasi Oliy Majlis palatalarining tegişli qömitalari bilan birgalikda uç oy muddatda tegişli Farmon loyihasini işlab çiqsin», dedi prezident.