2020 yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça tub buriliş qilişimiz kerak, dedi prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida.

Davlat rahbariga köra, birinçi navbatda quriliş, energetika, qişloq va suv xöjaligi, transport, geologiya, kadastr, soğliqni saqlaş, ta'lim, arxiv sohalarini töliq raqamlaştiriş lozim.

«Ta'limning barça bosqiçlarida xalqaro andozalarga töliq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilişi şart.

Ötgan yili barça şahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulaş işlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barça qişloq va mahallalarni ana şunday tezkor internet bilan ta'minlaşimiz kerak.

Hozirgaça 7 mingdan ortiq soğliqni saqlaş, maktabgaça ta'lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bölsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi», – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev «Elektron hukumat» tizimini qayta körib çiqiş kerakligini aytib, yangi taşkil etilayotgan IT-parklar va «1 million dasturçi» loyihasi haqida ham eslab ötdi.

Ta'kidlanişiça, «Raqamli Özbekiston – 2030» dasturini işlab çiqişni ikki oy muddatda yakunlaş lozim.