Hozirgi kundagi eng köp muhokama qilinayotgan mavzu, bu şubhasiz Xitoyning Uxan şahridan tarqala boşlagan virusdir. Hududi uzoq, tarqala boşlangan muddati qisqa bölişiga qaramay bu koronavirus butun insoniyatni hadikka soldi va qator savollarni keltirib çiqardi.
Nega bu kasallikka e'tibor kuçli?
Bu koronavirus fanga 2002 yildan buyon ma'lum bölişiga qaramay, şu paytga qadar tarqaliş xavfi pastligi uçun yetarli darajada örganilmagan va unga qarşi samarali vositalar işlab çiqilmagandi. Qolaversa, yuqumli kasalliklarning oldini olişda eng keng qöllanadigan vaksinalar ham bu virusga qarşi yaratilmagan. Umuman, sönggi yillardagi qator viruslarga qarşi vaksina yaratiş ortda qolmoqda. Sababi, virus tez mutatsiyaga uçraydi va unga qarşi vositalar befoyda bölib qoladi. Vaksina işlab çiqiş köp muddat va mablağ talab qiladigan jarayon, işlab çiqib bölinganda esa ahamiyatini yöqotişi mumkin.
Aynan bu virus bu qadar keng şov-şuv bölişining yana bir jiddiy sababi – u Xitoyda paydo bölganidir. Aholi nihoyatda ziç va qöşni davlatlar bilan aloqalar behad tiğiz bölgan bu mamlakatda virusning tarqaliş xavfi juda yuqori. Lekin şu bilan birga Xitoy bunday kasalliklarga qarşi kuraşişda ham katta tajriba töplagan.
Ölim xavfi
Ölim xavfi bor. Ammo hozir vahima qilinayotgan darajada emas. Avvalo ölim nima sababdan kelib çiqayotganiga e'tibor beriş lozim. Ayni bu virus öpkani jiddiy zararlaşi ortidan köp kişining umriga zomin bölmoqda. Qolaversa, har qanday yuqumli kasallik singari organizmning umumiy holati ham juda muhim. Kimdir ayni kasallikni oddiy şamollaşdek ötkazsa, kimdir asoratlar ortidan vafot etişi mumkin. Lekin öpka va boşqa içki a'zolar jiddiy zararlangan taqdirda ham ölim holati 30-35 foiz atrofida kuzatilişi aniqlangan. Ya'ni, öz vaqtida va töğri davolaniş kasallikdan butunlay foriğ bölişni anglatsa, eng oğir holatlarda ham yaşab ketiş imkoniyati nisbatan yuqori. Hozirgaça vafot etgan 26 kişi orasida eng yoşi 48 yoşda, eng keksasi esa 89 yoş bölgan. Virusdan zararlanganlar soni sönggi ma'lumotlarga köra 900 nafarni taşkil etmoqda.
Bu virus qanday yuqadi va undan qay tartibda himoyalaniş mumkin?
Bu virusning ilk manbai jonivorlar ekani ma'lum bölgan. Uxanda ham dengiz mahsulotlari, quşlar, ilon, quyon va boşqa hayvonlar sotiladigan bozor infeksiya öçoği ekanligi aniqlangan. Şuningdek, bu virusning dastlabki manbasi körşapalak ekanligi böyiça taxminlar bor. Ma'lumki, bu jonivor Xitoyda keng iste'mol qilinadi.
Odamdan odamga yuqsada, koronavirusni gripp bilan adaştirmaslik lozim, keçişi öxşaş bölsada, bular butunlay boşqa kasalliklar.













