Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi boks bo‘yicha turnir Iordaniyaga ko‘chirildi
3-14 fevral kunlari boks bo‘yicha Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilishi belgilangan lisenzion musobaqa xavfli koronavirus sabab bekor qilingan edi. O‘zbekiston MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqa Iordaniyaga ko‘chirilgan.
«Tashkiliy qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston boks federatsiyasiga yuborilgan xatda ma'lum qilinishicha, Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Oman shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi» - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 17 yanvardan buyon Uishan shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgan boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi koronavirus sabab muddatdan avval Toshkentga qaytib kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026