Yoşlar orasida öz huquqini bilmaydiganlar 36,5 foizni, huquqlarining aksariyatini biladiganlar 50,6 foizni taşkil etadi. Faqatgina 1,7 foizi yoşlargina öz haq-huquqlari xususida töliq ma'lumotga ega. Mazkur statistik ma'luotlar «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan «Yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, jinoyatga moyil yoşlarni aniqlaş» mavzusida ötkazilgan tadqiqot natijalari sifatida taqdim etildi. Tadqiqot davomida yoşlarning huquqiy savodxonlik, jinoyatçilik haqidagi tasavvurlari sörovnoma asosida tahlil qilindi.

Sörovnoma natijalariga köra, yoşlarning 41,3 foizi huquq haqidagi bilimlarini ommaviy axborot vositalaridan, 38,5 foizi öqituvçi va ustozlaridan, 35,1 foizi huquq fani öqitilişi davomida beriladigan ma'lumotlardan oladi.

Tadqiqotda iştirok etgan respondentlarning 72,4 foizi ba'zi hollarda öz huquqini bilmasligini his qilişini körsatib ötgan.

«Jinoyat qilişga moyil bölgan yoşlarning asosiy xususiyati nima?» degan savolga 47 foiz respondent köp vaqtini köçada ötkaziş, 42,1 foizi alkogol va giyohvand moddalarni iste'mol qiliş, 34,9 foizi agressivlikni asosiy xususiyat sifatida qayd etgan.

Şuningdek, tadqiqot davomida huquqiy savodxonlikning pastligiga sabablar ham sanab ötilgan. Yoşlarda huquqiy bilimning yetarli emasligiga tadqiqot iştirokçilarinng 43,9 foizi şaxsiy qiziqişning yöqligini, 22,8 foizi huquqiy tarbiya tizimining nomukammaligini, 14,2 foizi yoşlarni huquqiy ma'lumotlar bilan ta'minlaş tizimining samarasiz ekanligini sabab sifatida körsatib ötgan.