Amerikalik tadbikor Ilon Maskning boyligi u tomonidan boşqariluvçi Tesla kompaniyasi kapitallaşuvi ösgani ortida bir haftada 2,1 mlrd dollarga köpaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi. 

Ma'lumotlarga köra, Maskning boyligi 20 yanvarda 30,9 mlrd dollardan oşgan, 23 yanvarda 33,3 mlrd dollarga yetgan va 24 yanvarda 33 mlrd dollargaça kamaygan. 25 yanvarda Mask boyligi özgarişsiz qolgan, çunki AQŞda şanba va yakşanba kunlari birja savdolari ötkazilmaydi. 

Umuman olganda, Maskning boyligi yil boşidan 5,4 mlrd dollarga, oxirgi 12 oy içida esa 10 mlrd dollarga köpaygan. Bloomberğning fikriça, milliarderning Tesla’dagi uluşi eng serdaromadi hisoblanadi.  

Amerikalik tadbirkor Forbes talqiniga köra dunyoning eng badavlat odamlari röyxatida 28-örinni egallamoqda.

22 yanvarda Tesla aksiyalari narxi oşişi ortida kompaniya kapitallaşuvi 100 mlrd dollardan oşgandi. Biroq bu qiymat 24 yanvarda savdolar yopilişi oldidan 92 mlrd dollargaça kamaygan.    

Mask şuningdek SpaceX kompaniyasiga rahbarlik qiladi.