“Davlat taşqi qarzi haqiqatan ham ançagina yuqori sur'atlar bilan köpaydi. Buning yaşiradigan joyi yöq. Bugungi kunda taşqi qarzimiz 15,1 mlrd dollarni taşkil qilyapti. Hozirgi kunda yalpi içki mahsulotimiz 58 mlrd dollar böladigan bölsa, taşqi qarzimiz YaIMning taxminan 25 foizi atrofida. Davlat taşqi qarzining YaIMga nisbatan 25 foiz bölişi heç narsa emas. Bu umuman [taşvişlanadigan] masala emas”, deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qöçqorovning ta'kidlaşiça, taşqi qarz 2020–2022 yillarda ham ançagina tez sur'atlar bilan ösadi.

“Qiladigan işlarimiz juda köp. Şunday sohalar borki, davlat uşbu sohalarning ğildiragini aylantirib yuborişi kerak. Infrastruktura birinçi navbatda. Iqtisodiyotni önglaş, aholini elektr energiyasi, gaz, içimlik suvi bilan ta'minlaş, yöllar qurişni taşqi qarz hisobidan qilişga töğri keladi. Bularni heç qaçon tadbirkorlar qurmaydi. 

Lekin kelayotgan uç yilda taşqi qarzimiz tez ösadi deganim bu jarayon doim şunday davom etadi degani emas. Agar oçiq gapiradigan bölsak, Xalqaro valuta jamğarmasi va Jahon bankining tavsiyasiga köra davlat taşqi qarzi YaIMga nisbatan 50-55 foiz atrofida bölişi barqaror holat hisoblanadi. Şuning uçun taşqi qarzimiz 50 foizga borganda huşyor bölsak bas. Bitta narsani yoddan çiqarmaslik kerak. Taşqi qarz ösganda, mamlakat YaIM ham ösişini ta'minlay olsak, heç qanday muammo bölmaydi. Agar taşqi qarz ösib, YaIM ösmasa, bu bankrotlikka olib keladi. 2018 yilda yalpi içki mahsulotimiz 50 mlrd edi, 2019 yilda 58 mlrd böldi. Beş yildan keyin nasib etsa 100 mlrd bölişi mumkin. Yuz milliardning 50 foizi 50 mlrd böladi va bu degani çetdan bemalol şu miqdorgaça qarz olişimiz mumkin”, dedi Jamşid Qöçqorov.

Moliya vaziri, şuningdek, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari bilan boğliq vaziyat haqida ham tuşuntiriş berdi.

Jamşid Qöçqorov

“2019 yilda oltin-valuta zaxiralarimiz ikki milliardga köpaydi. Töğri, bu asosan oltin narxining oşişi hisobiga böldi, lekin zaxiralarimiz xavotirli darajada kamayib ketgani haqidagi gap-sözlar asossiz. Ilgari bu ma'lumotlarni 20 ga yaqin kişi bilardi. Bugungi kunda Markaziy bankning yoki Moliya vazirligining saytiga kirsangiz, bu ma'lumotlar hamma uçun oçiq turibdi”, dedi moliya vaziri.

Jamşid Qöçqorovga köra, jamoatçilikning mamlakat taşqi qarzi va oltin-valuta zaxirasi kamayayotgani yoki köpayotgani bilan qiziqa boşlaganining özi yaxşi hodisa. Uning ta'kidlaşiça, xalq mamlakatning siyosiy jarayonlariga aralaşmasa, heç qanday islohot ham, taraqqiyot ham bölmaydi.