Xususiy bandlik agentliklari atrofidagi şov-şuvli voqealar, bölib ötgan bir neçta sud jarayonlariga qaramay aholining ularga işonçi yöqolmagan, deb hisoblaydi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği Baxtiyor Tursunov.
“Aholida xususiy bandlik agentliklariga işonç bor. Mana, yaqinda Andijonda mehnat yarmarkasi taşkil etdik, juda köp xususiy bandlik agentliklari ham borişdi. Kördikki, ularga nisbatan fuqarolarimizda işonç bor.
Şu örinda bir narsani ta'kidlamoqçiman. Har bir fuqaro özining huquqini özi himoya qila olişi kerak. Xususiy bandlik agentligiga murojaat qilganida odamlarimiz taşkilotning litsenziyasini körişga, XBA bilan tuziladigan şartnomani öqib körişga yoki uni özi bilan olib ketib, sohani tuşunadigan birorta huquqşunosga, yuridik ma'lumotga ega bölgan biror bir mutaxassisga körsatişga, şartnomaga qöl qöymaslikka, agentlik sörayotgan pulni tölamaslikka haqqi bor. Ya'ni fuqarolarimiz XBA bilan şartnomani imzolaşdan oldin hujjatlarni yaxşilab örganişsa, keyin murakkab vaziyatlarga tuşib qolişmaydi”, deydi u.

Baxtiyor Tursunovning aytişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining har bitta viloyat markazida filiallari bölib, fuqarolar XBA bilan şartnoma tuzişdan oldin şu filiallarga borib, şartnomani körsatib, bepul maslahat oliş mumkin.
Agentlik rahbari xorijga işga ketuvçilarni heç qaçon şartnomani öqimasdan unga imzo qöymaslikka çaqirdi.
“Xususiy bandlik agentliklari ikki turga bölinadi: xorijda yoki Özbekistonning içida aholini iş bilan ta'minlaş bilan şuğullanadi. Fuqarolarni xorijda işga joylaştirişni taşkillaştiriş uçun litsenziya oliş kerak, Özbekiston hududida faoliyat yurituvçi xususiy bandlik agentliklaridan litsenziya talab etilmaydi. Hozirgi kunda 80ta xususiy bandlik agentligi faoliyat olib bormoqda, şundan 59tasi xorijda iş topib beriş bilan şuğullanadi.
Bugungi kunda 5ta xususiy bandlik agentligi mas'ul xodimlariga nisbatan jinoyat işlari oçilgan. Bu degani hamma xususiy bandlik agentliklari jinoyatçi degani emas. Ayni paytda qözğatilgan jinoyat işlari, tergov jarayonlari yakunlanib, sud hukmi öqilgandan söng ayblanuvçilar qanday jinoyatlarni sodir etganini gapirişimiz mumkin böladi”, – dedi TMMA boşliği Baxtiyor Tursunov.







